O‘zbekiston va Afg‘oniston 44 mln dollarlik eksport shartnomalarini imzolashga kelishib oldi

Iqtisodiyot 08:46 / 30.04.2024 4563

Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, Afg‘onistonda doimiy aholi soni 34,9 million nafarga yetdi. Import bozori 7 milliard dollarni tashkil etadi. Eng ko‘p talab qilinadigan tovarlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika mahsulotlari va qurilish materiallari hisoblanadi.

Shuningdek, muzokaralar natijasida qo‘shni davlatning 18 ta yetakchi kompaniya vakillari ishtirokida O‘zbekiston - Afg‘oniston Ishbilarmonlar kengashini tuzishga kelishib olindi.

Ishbilarmonlar kengashining tuzilishi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, ular uchun o‘zaro munosabatlarning yangi platformalarini yaratishga, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Afg‘onistonga eksport qilish hajmini oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: