Odessada yonib ketgan «Harri Potter qal’asi» va Cherkassda futbol o‘ynayotgan faxriylar. Urush suratlari

Jahon 16:42 / 30.04.2024 8931

Ukrainada urushning 796-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF qo‘shini Odessa bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Besh kishi halok bo‘lgan, kamida 25 kishi yaralangan.
  • Telegram Ukraina razvedkasi va Ukraina xavfsizlik xizmatining chat-botlarini bir necha soatga blokladi.
  • Latviya, Litva va Estoniya Rossiyani Boltiq dengizi hududida GPS signallarini o‘chirib qo‘yishda aybladi.
  • Financial Times: Yevropaning yirik banklari 2023 yilda Rossiyada urushga qadar bo‘lganidan to‘rt barobar ko‘proq soliq to‘lagan.
  • RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Donetsk oblastidagi Semenovka aholi yashash punktini egallagani haqida xabar qildi.
  • Ukraina inson huquqlari himoyasi bo‘yicha Yevropa konvensiyasidan «vaqtincha qisman chetga chiqqani» xabar qilindi.

Odessa bo‘ylab zarba oqibatlari

Rossiya qo‘shini 29 aprel kuni navbatdagi marta Odessa bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Besh kishi halok bo‘lgan. 30 aprel tongidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi jarohatlangan. Sakkiz kishi − og‘ir ahvolda, ulardan to‘rt nafari − o‘ta og‘ir ahvolda, jumladan to‘rt yoshli qizcha ham, deb xabar bergan oblast ma’muriyati rahbari Oleg Kiper. Raketa bilan o‘qqa tutish oqibatida turar joylar va ma’muriy binolar shikastlangan. Odessa yuridik akademiyasining (Xalqaro gumanitar universitetning sobiq qabul uyi) talabalar saroyi binosi yonib ketgan, uni «Harri Potter qal’asi» deb ham atashardi.

State Emergency Service of Ukraine / Scanpix / LETA
Sergey Smolensev / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain nashrlari yozishicha, «Harri Potter qal’asi» Sergey Kivalovning qarorgohi hisoblangan — u Oliy Radaning Regionlar partiyasidan sobiq deputati. Kivalov avvalroq rektor bo‘lgan, hozirda «Harri Potter qal’asi» ham tasarrufida bo‘lgan Odessa yuridik akademiyasi prezidenti lavozimida edi.
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Kivalov ushbu koshonada yashagani haqidagi xabarlarni rad etgan, garchi 2015 yilda, saroyga «Avtomaydan» aktivistlari bostirib kirganida, ijtimoiy tarmoqlarda bino devorlarida uning portret va fotosuratlari ilingani aks etgan kadrlar paydo bo‘lgandi. Kivalov ham 29 aprel kungi raketa zarbasidan jarohatlanganlar ro‘yxatida qayd etilgan, uni bel sohasida oskolka jarohati bilan shifoxonaga yotqizishgan. «Harri Potter qal’asi» yong‘in oqibatida deyarli butkul yakson bo‘lgan
Ukraina FVDX
Raketa zarbasi oqibatida 30 dan ortiq kishi turli darajadagi og‘irlikda jarohatlar olgan, deb xabar bergan Odessa oblasti harbiy ma’muriyati
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
30 aprel kuni Odessa oblastida shahar bo‘ylab raketa zarbasi qurbonlari xotirasiga motam kuni e’lon qilindi
Ukraina FVDX
Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper havo hujumidan mudofaa kuchlari urib tushirgan Rossiya raketasi parchasini ko‘zdan kechirmoqda
Foto: Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbarining Telegram-kanali

Donbass shimolida Ukrainaning «Grad» tizimi

RF qurolli kuchlari Donetsk oblastida yurish qilishga urinishlarini davom ettirmoqda. Aprel oyi oxiriga kelib Rossiya qo‘shini Ocheretino yo‘nalishida front chizig‘ini yorib o‘tdi, bu esa Ukraina qurolli kuchlari Donbassning janubi va g‘arbida to‘liq mag‘lubiyatga uchrashiga olib kelishi mumkin. Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy 28 aprel kuni ukrain harbiylari qator yo‘nalishlarda chekingani, jumladan «Berdichi, Semenovka va Novomixaylovkadan g‘arbdagi marralarga ko‘chib o‘tgani»ni ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi 29 aprel kuni fevral oyidan buyon shiddatli janglar maydoni bo‘lgan Semenovka qishlog‘i to‘liq nazorat ostiga olinganini e’lon qildi. 

Ukraina qo‘shini o‘q-dori va qurollar yetishmovchiligi sharoitida Donetsk oblastida mudofaani ushlab turibdi. AQSh kongressi bir necha kun oldin ma’qullagan qonun loyihasi bo‘yicha Ukraina qurolli kuchlariga ajratiladigan yordam paketidan o‘q-dorilar va texnikalarni yetkazib berish ham o‘rin olgan. Oq uy yordam allaqachon yetkazib berilishi boshlanganini ma’lum qilgan. «Ular bu yordamni olishmoqda va umid qilamizki, Ukraina o‘zini himoya qilishda davom etishi uchun bu yordam front chizig‘iga yetib boradi», — degan 29 aprel kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Piyer. Fotoda — ukrainlarning «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi Donetsk oblastidagi front chizig‘ida
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining amputatsiya qilingan faxriylari futbol o‘ynamoqda 

Yulii Zozulia / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: