Xitoy kompaniyalari AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tish yo‘llarini qidiryapti - OAV

Jahon 12:04 / 29.04.2024 6122

Ukrainadagi urush munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Rossiya davlatiga va bir qator rus kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar tufayli, ko‘plab Xitoy banklari Rossiya Federatsiyasiga tovarlar eksport qiladigan Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik qilishdan, hatto bu harbiy tovarlar bo‘lmasa ham, qo‘rqyapti. Bu haqda Reuters 29 aprel, dushanba kuni yozmoqda

Ushbu holat Xitoyning eksport qiluvchi kichik korxonalari uchun tobora jiddiy muammo tug‘dirmoqda, deya tasdiqladi agentlikka yettita bank va savdo sohasidagi manbalar. 

«Xitoyning yirik banklari Rossiya bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirishdan voz kechar ekan, ba’zi Xitoy kompaniyalari chegaradagi kichik banklarga va pul brokerlari kabi xufiyona moliyalashtirish kanallariga murojaat qilmoqda, hattoki taqiqlangan kriptovalutadan ham foydalanmoqda», - deya o‘z suhbatdoshlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi. 

Xitoy banklariga Rossiyadan to‘lovlar AQSh sanksiyalarini buzgan yoki buzmagani holatini tekshirish uchun bir necha oy kerak bo‘ladi, dedi faqat familiyasi bilan - Van deya tanishtirishni so‘ragan korxonalardan birining egasi agentlikka. Bunday sharoitda Xitoyning ba’zi kompaniyalari Rossiya bozorini butunlay tark etdi, deyiladi ma’lumotda.

Kriptovaluta yagona to‘lov vositasi sifatida

Moskvada ofisi bo‘lgan Rossiya banklaridan biri vakili anonimlik sharti bilan kriptovalutada to‘lovlarni amalga oshirish Xitoyda xaridlarni amalga oshirishning so‘nggi varianti bo‘lishi mumkinligini tasdiqladi, ammo bu to‘lov usuli Xitoyda shaffof emasligi tufayli 2021 yildan beri taqiqlangan. 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati TIV rahbari xufiyona to‘lov vositalaridan foydalanish amaliyoti yoki ular bilan bog‘liq muammolar va ularni Xitoyning yirik banklari orqali amalga oshirish jarayonidan xabardor emasligini aytdi. Vazirlik matbuot kotibi ushbu mavzu bo‘yicha savollarni «tegishli boshqarmalarga» yo‘lladi. 

Xitoy xalq banki va moliya sektorini tartibga soluvchi organ - Moliyaviy tartibga solish milliy boshqarmasi (National Administration of Financial Regulation, NAFR) jurnalistlarning so‘rovlariga javob bermadi. 

Pekin Rossiya bilan savdo hamkorligi haqida 

26 aprel kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Pekinda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Shu bilan birga, Davlat departamenti rahbari Xitoy «Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlayotganidan jiddiy tashvish» bildirdi.

Ayni paytda, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi «XXR hech qanday noqonuniy, bir tomonlama sanksiyalarni qabul qilmasligini» ta’kidladi. «Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi oddiy savdo hamkorligi hech qanday uchinchi tomondan to‘xtatilishi mumkin emas», — deya TIV vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi. 

Ko‘proq yangiliklar: