O‘zbekiston 3 oyda meva-sabzavot mahsulotlarini asosan Pokiston va Rossiyaga sotdi

Iqtisodiyot 08:45 / 29.04.2024 4636

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 219,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatgich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 foizga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,2 foiz), Rossiya (25,1 foiz),  Qozog‘iston (10,5 foiz) va Xitoy (9,2 foiz)  davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024 yilning yanvar-mart oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,4 foizini tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: