Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi

Jahon 19:03 / 27.04.2024 8606

Qozog‘istonning Olmaota shahri, Olatau tuman sudi 2023 yil dekabrida avtobusning ayol haydovchisiga hujum qilib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchini 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Vlast xabar berdi. 

Ayblanuvchi Darxan Axmetjanov Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 293-moddasi 1-qismi «Bezorilik» va 351-moddasi 3-qismi «Ehtiyotsizlik oqibatida odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalarining xavfsiz ishlashini ta’minlash qoidalarini buzish» moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. 

Axmetjanov 2023 yil 22 dekabr kuni Olmaota shahridagi 47-sonli avtobus yo‘nalishida ayol haydovchini urgan, oqibatda u hushini yo‘qotgan, avtobus esa bekatdagi odamlarni bosib ketgan edi. Fojiada uch kishi halok bo‘lib, yana to‘rt kishi jarohat oldi. 

Sudlanuvchi qamoq muddatidan tashqari, jabrlanuvchilardan birining bevasiga 6,3 million tenge (14 ming dollar) moddiy zarar hamda ma’naviy zarar uchun 5 million tenge (11 ming dollar) to‘lashi kerak bo‘ladi. Yetim qolgan Yerasil Baydualiyevga (uning onasi va otasi baxtsiz hodisada vafot etgan) 10 million tenge (22 ming dollar) to‘laydi. 

Sud jabrlanuvchilar oila a’zolarining avtobus ayol haydovchisiga nisbatan da’volarini ko‘rib chiqmasdan qoldirdi. 

Ko‘proq yangiliklar: