Toshkentda o‘zi bilan taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi ushlandi

O‘zbekiston 07:43 / 26.04.2024 4055

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 30 yoshli X.A. boshqaruvidagi Spark avtomashina to‘xtatilib, hujjatlarini tekshirish davomida o‘zini tutishi va gap so‘zidan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolislar ishtirokida avtomashina ko‘zdan kechirilganda avtomashina salonidan jigarrang, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman IIO FMBga topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: