Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
Mojaroda avtobus haydovchisi ishtirok etmagan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan yengil avtomobil haydovchisi yo‘lovchilar tomonidan do‘pposlandi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, mojaro 25 aprel kuni yuz bergan va bu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Ta’kidlanishicha, Chilonzor tumani hududida harakatlanib ketayotgan 69-yo‘nalish avtobusi oldida yengil avtomobil haydovchisi turli xil xavfli manyovrlarni amalga oshirgan, jumladan, keskin tormoz bergan. Oqibatda avtobus to‘xtashga ulgurmay, yengil avtomobil bilan to‘qnashgani ko‘rinadi.
Avtobus ichida bu vaqtda 50 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgani, ulardan ba’zilari to‘qnashuv oqibatida yiqilgani aytilmoqda. Shundan so‘ng, darg‘azab yo‘lovchilar avtobusdan tushib, yengil avtomobil haydovchisini do‘pposlagan.
Hodisa qanday yakunlangani ma’lum emas, jabrlanganlar to‘g‘risida ham ma’lumot yo‘q.
Qayd qilinishicha, avtobus haydovchisi mojaroga aralashmagan.
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

07:01 / 07.07.2025
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi

10:41 / 03.07.2025