Yevrokomissiya Ukrainaga 1,5 milliard yevro miqdorida transh ajratdi

Jahon 07:39 / 25.04.2024 1264

Yevrokomissiya 24 aprel, chorshanba kuni Ukrainaga umumiy qiymati 50 milliard yevro bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash paketidan 1,5 milliard yevrolik makromoliyaviy yordamning ikkinchi transhi ajratilishini e’lon qildi.

«Ukraina barchamizning yelkamizdagi og‘ir yukni ko‘tarmoqda. Bugun biz 50 milliard yevrolik Ukraina mablag‘ining bir qismi sifatida qo‘shimcha 1,5 milliard yevro ajratmoqdamiz. Bu agressorga qarshi kurashayotgan Ukraina davlati va xizmatlarini saqlab qolish uchun juda muhim. Yevropa birlashgan kuch bo‘lib qoladi», - dedi Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen transh haqida.

Ukraina uchun YeIning Ukraine Facility qo‘llab-quvvatlash dasturi 

Mart oyida Yevrokomissiya Ukrainaga Ukraine Facility dasturi doirasida 4,5 milliard yevro miqdoridagi birinchi to‘lovni amalga oshirdi. Yevropa Ittifoqining Ukrainaga qiymati 50 milliard yevroga teng bo‘lgan ushbu yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmi 2024 yil 1 martdan ish boshladi va Yevropa Ittifoqi tarixida ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatga eng katta yordam bo‘ldi. Dastur 2024 yildan 2027 yilgacha bo‘lgan davrda Ukrainani tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar va kreditlar ko‘rinishidagi barqaror moliyalashtirishni ta’minlaydi. Pul milliy hukumat tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan kelishilgan tasdiqlangan harakatlar rejalariga muvofiq taqdim etiladi. 

Jamg‘armaning 32 milliard yevrogacha bo‘lgan mablag‘i islohotlar va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan, to‘lovlar ma’lum ko‘rsatkichlarga erishish sharti bilan amalga oshiriladi. Taxminan 7 milliardi moliyalashtirishni ta’minlash uchun, 5 milliard yevroga yaqini esa islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun texnik yordam sifatida o‘tkaziladi. Yevrokomissiya veb-saytiga ko‘ra, yana 6 milliard yevro alohida moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan, bu miqdor allaqachon to‘langan. 

Ko‘proq yangiliklar: