Turkiya va Germaniya prezidentlari mamlakatlar o‘rtasidagi yaqinlashuv maqsadini tasdiqladi

Jahon 10:22 / 25.04.2024 1867

Germaniya va Turkiya prezidentlari Frank-Valter Shtaynmayyer va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 24 aprel, chorshanba kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yaqinlashtirish va yaxshilashdan «aniq manfaatdor ekanini» tasdiqladi.

«Huquqiy aniqlik va qonun ustuvorligi muhim shartlar», deb ta’kidlagan Shtaynmayyer Turkiyaga «dinamik, demokratik, Yevropaga yo‘naltirilgan rivojlanish»ni tilab. Germaniya prezidentining ta’kidlashicha, Germaniya dunyoning boshqa hech bir davlati bilan Turkiyada bo‘lgani kabi «yaqin oilaviy aloqalarga» ega emas. «Biz bir-birimizga muhtojmiz», deb xulosa qildi Shtaynmayyer.

«Biz munosabatlarimizni kengaytirish istagida ekanligimiz aniq», dedi Erdo‘g‘an Anqaraning Germaniyada «o‘ng ekstremistik va ksenofobiya ko‘rinishlarining o‘sishi»dan xavotirini qayd etib.

Erdo‘g‘on g‘arbni G‘azo sektori aholisi azoblariga e’tibor bermaslikda aybladi

Turkiya prezidenti o‘z nutqida g‘arbni G‘azo sektoridagi tinch aholi azob-uqubatlariga ko‘z yumayotganlikda aybladi. Erdo‘g‘an Shtaynmayyer bilan uchrashuvidan so‘ng: «Bizning nemis do‘stlarimiz bu fojiali vaziyatni ko‘rishi kerak» dedi. U butun g‘arb Isroil tomonida turganini qo‘shimcha qildi. Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Turkiyaga qurol eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni butunlay bekor qilishga chaqirdi.

Turkiya prezidenti HAMAS guruhi bilan yaqin aloqada, deya eslatadi AFP. Germaniya prezidentining tashrifidan bir necha kun oldin Erdo‘g‘an tashkilot yetakchilaridan biri Ismoil Haniya bilan uchrashdi. Amerikaning «Demokratiyani himoya qilish jamg‘armasi» (Foundation for Defense of Democracies, FDD) tahlil markaziga ko‘ra, HAMAS Anqaradan nafaqat siyosiy, balki moliyaviy va moddiy yordam ham oladi.

Erdo‘g‘an, Isroil rasmiylariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabr kuni jangchilar 1200 ga yaqin odamni o‘ldirgan va 240 nafarini garovga olgan hodisa - HAMASning Isroilga qarshi keng ko‘lamli teraktini qoraladi. Ammo, shu bilan birga, Erdo‘g‘an HAMASni «qarshilik ko‘rsatuvchi guruh» deb atadi. Boshqa tomondan, u NATOning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Isroilni bir necha bor «terrorchi davlat» degan.

Ko‘proq yangiliklar: