Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekiston 09:00 / 25.04.2024 1697

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 25 aprel kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda elektr vaqtincha bo‘lmaydi:

Olmazor tumani: «Miskin», «Achaobod», «Xoncharbog‘» hamda «Guruchariq» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
Chilonzor tumani: «Qatortol» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tilgan.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: