Rossiya chet elda pasport almashtirishni taqiqlash rejalashtirilayotganini rad etdi

Jahon 14:58 / 25.04.2024 1469

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning xorijdagi konsullik idoralari tomonidan pasportlar berish, notariuslar va boshqa qator xizmatlar ko‘rsatishni vaqtinchalik to‘xtatib turishni nazarda tutuvchi idoraviy buyruq loyihasi mavjudligini rad etdi. Bunday hujjatning tayyorlanishi haqida uning nusxasiga tayanib, avvalroq «Novaya gazeta» xabar bergan edi

«Novaya gazeta»ning 25 aprel, payshanba kuni chop etilgan axborotidan ma’lum bo‘lishicha, taqiq joriy yilning o‘zidayoq joriy etilishi mumkin. Bunday holda, chet elda yashovchi ruslar hujjatlarni olish yoki almashtirish uchun mamlakatga qaytishi kerak. Cheklovlar pasport almashtirish va notarial xizmatlardan tashqari, hujjatlarni legallashtirish hamda fuqarolik masalalarini hal qilishga ham ta’sir qiladi, deb yozadi nashr. «Novaya gazeta» hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi boshqa manbalarni taqdim etmadi. 

Rossiya idorasi bu ma’lumotni «haqiqiy yolg‘on» deb atadi, deya xabar berdi TASS. 

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 10 mln rossiyalik xorijda yashaydi 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil holatiga ko‘ra, 10 millionga yaqin ruslar mamlakat tashqarisida yashagan - u dunyodagi eng katta diasporalardan biri. Urush va safarbarlik fonida, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, yana yuz minglab odamlar Rossiyani tark etgan. 

O‘tgan sentabr oyida Aleksandr Lukashenko Belarusning xorijdagi diplomatik muassasalarida mamlakat fuqarolariga Belarus pasportlarini berish, yangilash va almashtirishni taqiqlagan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: