Rasman: Isroil Madrimov yengilmas Terens Kroufordga qarshi jang qiladi

Sport 01:16 / 25.04.2024 9269

Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi, o‘zbekistonlik  Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) keyingi jangini yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, WBC va WBA kamarlari egasi Terens Kroufordga qarshi o‘tkazadi. 

Bu haqda AQShda o‘tkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilindi. Bokschilar ilk bor yuzma-yuz kelishdi. 

Jang 3 avgust kuni Los-Anjyelesda o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, amerikalik 36 yoshli charmqo‘lqop ustasi professional faoliyatida 40 ta jang (31 nokaut) o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Yengilmas Krouford so‘nggi bor 2023 yil iyul oyida hamyurti Errol Spensni muddatidan avval mag‘lub etgandi. 

Madrimov esa shu yilning mart oyida rossiyalik Magomed Qurbonovdan ustun kelib, WBA kamarini qo‘lga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: