Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi

Jahon 07:34 / 25.04.2024 6012

AQShning Ukrainaga 1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketiga, jumladan, HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimining o‘q-dorilari, RIM-7 va AIM-9M havo mudofaa raketalari, Stinger zenit raketalari, tankka qarshi qurollar va zirhli mashinalar kiradi. 24 aprel, chorshanba kuni Pentagon veb-saytida e’lon qilingan ro‘yxatda shuningdek, 155 mm artilleriya snaryadlari, 105 mm snaryadlar va 60 mm minomyot snaryadlari, patronlar va UUAga qarshi o‘q-dorilar bor. 

Bundan tashqari, paketga Bradley piyoda askarlar jangovar mashinalari, HMMWV avtomobillari, minalarga chidamli zirhli transportlar (MRAP), tortish va jihozlarni tashish hamda logistika vositalari kiradi. 

Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, TOW tankka qarshi tizimlari uchun raketalar, Javelin tankka qarshi ko‘chma komplekslari, AT4 tankka qarshi granata otish moslamalari, Claymore tankka va piyodalarga qarshi minalar yuboradi. Yordam paketiga shuningdek, aniq bombalar, aeroportni qo‘llab-quvvatlash uskunalari, tungi ko‘rish moslamalari, o‘quv o‘q-dorilari, texnik xizmat ko‘rsatish uskunalari va boshqalar kiradi. 

AQSh maxfiy ravishda Kiyevga ATACMS raketalarini yetkazib bergan 

Shu bilan birga, AQSh Ukraina hududida foydalanish uchun qisqa va uzoq masofali ATACMS raketalarini yetkazib bergani ma’lum bo‘ldi. Avvaliga bir qator Amerika ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan so‘nggi haftalardagi maxfiy yetkazib berish haqidagi ma’lumotni Davlat departamenti vakili Vedant Patel tasdiqladi. «Qo‘shma Shtatlar prezidentning bevosita ko‘rsatmasi bilan Ukrainaga ATACMS uzoq masofali raketalarni yetkazib berganini tasdiqlay olaman», dedi u jurnalistlarga raketalar mart oyidagi yordam paketining bir qismi ekanligini va aprel oyida Ukrainaga yetib kelganini ta’kidlab.

Patelning ta’kidlashicha, yetkazib berish «Ukraina talabiga ko‘ra, operativ xavfsizlikni saqlab qolish uchun» e’lon qilinmagan. Bir qator ommaviy axborot vositalari o‘z manbalariga tayanib, ATACMS raketalari chorshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolangan Ukrainaga yangi yordam paketiga kiritilishini xabar qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: