Moldovada rossiyaparast Gagauziya rahbariga nisbatan ayblov e’lon qilindi
Gagauziya rahbari Kishinyovda «Shor» partiyasi faoliyatini moliyalashtirish uchun Rossiyadan tizimli ravishda pul o‘tkazganlikda ayblanmoqda. Yevgeniya Gutsulning ta’kidlashicha, unga nisbatan ish Moldova prezidentining buyrug‘i bilan ochilgan.

Yevgeniya Gutsul Foto: Dumitru Doru / EPA / TASS
Moldova Korrupsiyaga qarshi prokuraturasi Gagauziya muxtoriyati rahbari (boshkan) Yevgeniya Gutsulni hozirda taqiqlangan rossiyaparast «Shor» partiyasini moliyalashtirish uchun Rossiyadan pul olish va o‘tkazishda aybladi. Departamentning 24 aprel, chorshanba kuni chop etilgan bayonotida aytilishicha, tergov yakunlangan va ish sudga yuborilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-2022 yillarda «Shor» partiyasida kotib bo‘lib ishlagan Gutsul Rossiyadagi uyushgan jinoiy guruhdan olingan pullarni muntazam ravishda Moldovaga olib kirgan. Bundan tashqari, partiya idoralari faoliyatini muvofiqlashtirib, 2022 yil kuzida u Kishinyovdagi norozilik namoyishlari ishtirokchilarini mukofotlash va ro‘yxatlarni tekshirishga mas’ul edi, deya xabar beradi departament. Korrupsiyaga qarshi prokuratura Gutsulni uyushgan jinoiy guruhdan partiya faoliyatini moliyalashtirish uchun pul olganlikda ayblamoqda - umumiy summa deyarli 42,5 million ley (2,2 million yevrodan ko‘proq).
Gagauziya rahbaridan tashqari, Kishinyovdagi «Shor» partiyasi bosh idorasi rahbariga partiya faoliyatini moliyalashtirish uchun jinoiy guruhdan qasddan pul olganlik ayblovi qo‘yildi (9,7 million ley – 0,5 million yevro miqdorida).
Gutsul jinoyat ishidagi ayblovni uydirma deb atadi
Ayblanuvchilar o‘z aybini tan olmadi. Gutsulning ta’kidlashicha, unga nisbatan jinoiy ish Moldova prezidenti Mayya Sanduning buyrug‘i bilan ochilgan.
Yevgeniya Gutsul 2023 yilning may oyida Gagauziya bashkaniga saylovda g‘alaba qozongan edi. 2024 yil 21 aprelda u Moldovada bank firibgarligi uchun sirtdan 15 yilga hukm qilingan oligarx Ilan Shorga aloqador Moldova partiyalari rahbarlarining Moskvadagi uchrashuvida ishtirok etdi.
Mavzuga oid

14:09 / 17.04.2025
Shtrak-Tsimmerman: Moldova - YeI uchun ustuvor davlat

11:57 / 10.04.2025
Gagauziya rahbari Gutsul tergov izolyatoridan uy qamog‘iga o‘tkazildi

10:33 / 05.04.2025
Rossiya Moldovaning uch diplomatini chiqarib yuboryapti

21:06 / 02.04.2025