Aprel oyi o‘rtalarida Istanbul shahrining Sultonbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ish faoliyatida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1971 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Rustamov Qahramon Azamovich ish joyida zinadan yiqilib, xushini yo‘qotgan va voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi morgda saqlanmoqda, uning O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari yoki tanishlari qidirilmoqda.