“O‘zsuvta’minot” respublika miqyosida hududlar kesimida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha infografika taqdim etdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri 97,7 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinda bo‘lsa, eng quyi natija — Qashqadaryo viloyatida 59,4 foizni tashkil etmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha:
- Andijon viloyatida – 90,9 foiz
- Buxoro viloyatida – 73,2 foiz
- Jizzax viloyatida – 70,4 foiz
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 72,4 foiz
- Farg‘ona viloyati – 79,4 foiz
- Xorazm viloyati – 90,4 foiz
- Samarqand viloyati – 75,4 foiz
- Namangan viloyati – 82,7 foiz
- Sirdaryo viloyati – 86,9 foiz
- Surxondaryo viloyati – 62,9 foiz
- Toshkent viloyati – 79,4 foiz.