O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya milliy iqtisodiyot vaziri Marton Nad bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid masalalar, jumladan, sanoat kooperatsiyasi loyihalari va investitsiya dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda joriy yilning 2-3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida Vengriyaning yuqori darajadagi vakillari va ishbilarmon doiralarining ishtiroki masalasi ham muhokama qilindi.
Tomonlar 2013 yildan buyon iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasi faoliyat yuritayotganini, uning 9-yig‘ilishini joriy yil 6-7 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishini ta’kidladi.
Mazkur yig‘ilishda investitsiya, sanoat, savdo-iqtisodiy, bank-moliya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilishi va kelishib olinishi alohida qayd etildi.