Sijjakda Trailblazer ag‘darilib ketdi

Jamiyat 10:58 / 22.04.2024 22263

Bo‘stonliq tumanida Trailblazer avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 21 aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Sijjak qishlog‘i yaqinida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Toshkent viloyati YHXB xabariga ko‘ra, Sijjak yaqinidagi tog‘li hududning avtomobil uchun mo‘ljallanmagan qismida harakatlangan haydovchi, 1984 yilda tug‘ilgan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi M.F. Trailblazer transport vositasida o‘zining ehtiyotsizligi va yo‘lni torligini inobatga olmagani sababli ag‘darilib ketgan.

Ushbu hodisa oqibatida haydovchi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: