110 nafar informatika o‘qituvchilari Beeline Academy'da malaka oshirish kurslarini tamomladilar

O‘zbekiston 14:44 / 22.04.2024 1576

VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan umumta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish dasturida hamkor sifatida ishtirok etdi.

O‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari Beeline Academy tomonidan Tashkent International University of Educatoin va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik memorandumi asosida tashkillashtirildi.

O‘quv kurslari davomida Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining 110 nafar informatika va axborot texnologiyalari hamda kasbiy IT-ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari Python dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar, 3D grafika vositalarini o‘zlashtirdilar va Frontend dasturini ishlab chiqish asoslari bilan chuqur tanishdilar. Kurslarni tajribali mutaxassislar — TIUE o‘qituvchilari olib borishdi. Dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etgan barcha o‘qituvchilarga bitiruv sertifikatlari topshirildi.

«Men informatika, matematika va fizika o‘qituvchisiman, 6-dan 11-sinfgacha dars beraman. Informatika — bilimlarning asosi, u barcha fanlarni birlashtiradi. IT-savodxonlik, bu — shunchaki ko‘nikma emas, balki hayot talabi, deb hisoblayman. Beeline Academy dasturi bilimlarga juda boy va qiziqarli o‘tdi, ayniqsa 3D-modellashtirish. Olgan bilimlarimni albatta o‘quvchilarim bilan ulashaman», — deya bo‘lishadi Toshkent shahar Mirobod tumani 158-maktab o‘qituvchisi Kasimova Nodira Ergashevna.

TIUE — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real sektori ehtiyojlari uchun axborot texnologiyalari, ta’lim va biznes boshqaruvi yo‘nalishlariga oliy ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekistondagi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi.

«Universitetimizda intiluvchan, iste’dodli va maqsadli insonlarni birlashtiradi.Tajribali professorlar va ma’ruzachilardan iborat jamoamiz o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishga, mutaxassislarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlash uchun shay. Beeline Uzbekistan va TIUE o‘rtasidagi qo‘shma dastur — O‘zbekistonda IT sohasida ta’lim sifatini oshirishda muhim qadamdir»,– deydi TIUE rektori Nosir Xo‘jayev.

Beeline Academy 2023 yil oktyabr oyida Tashkent International University of Education (TIUE) negizida Beeline Uzbekistan bilan hamkorlikda ochilgan. Akademiya O‘zbekistonning yosh iste’dodlari, o‘qituvchilari va boshqa IT-mutaxassislariga mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash maqsadida axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasida onlayn va oflayn ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi.

«Bu Beeline Uzbekistan mamlakatda IT-sohasini rivojlantirishga kiritgan navbatdagi sarmoyasidir. Umid qilamizki, Beeline Academy malaka oshirish dasturini tamomlagan o‘qituvchilar olgan bilimlari va ko‘nikmalari tufayli yoshlarning kamol topishlari uchun hamda mehnat bozorida katta talabga ega bo‘lgan yangi avlod yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shishadi», — deya o‘rtoqlashdi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski.

*** 

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: