Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida Tojikistondan O‘zbekistonga qariyb 536 ming nafar sayyoh kelgan.
2024 yilning 3 oyida Tojikistondan O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning asosiy safar maqsadlari:
- qarindoshlarni yo‘qlash uchun — 498,1 ming nafar;
- dam olish uchun — 14,7 ming nafar;
- davolanish uchun — 13,1 ming nafar;
- xizmat yuzasidan — 4,8 ming nafar;
- tijorat maqsadida — 4,7 ming nafar;
- o‘qish uchun — 479 nafar.
Avvalroq, 2023 yilda O‘zbekistonga 6,6 mln chet el fuqarolari turistik maqsadda kelgani, ularning 2 mln 155 nafardan oshiqrog‘i Tojikiston fuqarolari bo‘lgani aytilgandi.