Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

O‘zbekiston 16:07 / 21.04.2024 9983

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilingan. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 20 aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov ushbu Kengash a’zoligiga qabul qilingan.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi ulamolari muftiyni ushbu martaba bilan qutlab, O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholagan.

Ko‘proq yangiliklar: