Bektemir Meliqo‘ziyev «qonli» jangda yengilmas raqibni yengdi

Sport 08:58 / 21.04.2024 53148

Professional boksning supero‘rta vazn toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev (14-1, 10 KO) fransiyalik yengilmas bokschi Per Hubert Dibombega (22-1-1, 12 KO) qarshi jang qildi.

Beshinchi raundda Meliqo‘ziyev raqibini nokdaun holatiga tushirdi va boshqa raundlarda ham ustunlik qildi.

Og‘ir kechgan jang davomida fransiyalik bokschining bosh bilan xavfli harakatlari Meliqo‘ziyevga muammo tug‘dirdi, shunday to‘qnashuvlardan birida ikki bokschining ham qoshi yorildi.

7-raunddan keyin shifokor o‘zbekistonlik sportchining qoshidagi jarohat sabab jangni davom ettirishga ruxsat bermadi. 

Qoidaga ko‘ra, 7 raund bo‘yicha ochkolar hisoblab chiqildi va yakunda hakamlar 79-73, 79-73, 78-74 hisobida Bektemir Meliqo‘ziyevning g‘alabasini qayd etdi.

Bu g‘alaba orqali Meliqo‘ziyev o‘zining WBA Intercontinental kamarini saqlab qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: