Qoidabuzarlik haqidagi qaror ustidan YHXXga elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekiston 11:22 / 20.04.2024 2512

Vazirlar Mahkamasining yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali YHXXga elektron murojaat qilishni nazarda tutuvchi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida keltirilishicha, hozirgi kunda yo‘l harakati qoidalari buzilishi holati yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar ustidan fuqarolar tomonidan murojaatlar an’anaviy tarzda amalga oshirilib kelinayotganligi aholining ortiqcha ovoragarchiligiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli yo‘l harakati qoidalari buzilishi holati yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan YHXXga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi elektron murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi:

— jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan yuborilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha elektron murojaat qilish tartibi;

— jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan yuborilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishida davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlarining hamda murojaat etuvchilarning huquq va majburiyatlari;

— Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan yuborilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha elektron murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi.

Qaror ustidan elektron murojaat yo‘llash imkoniyati 2024 yil 1 oktyabrdan amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur xizmat yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar og‘zaki yoki yozma murojaat qilishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: