Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston 11:59 / 20.04.2024 7496

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Jabborov Shuhrat Abdumajidovich Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Akbarov Abror Akmalovich esa qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Shuningdek, Hamroyev Bobur Zohir o‘g‘li Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Yunusov Ulug‘bek Mamajonovich esa agentlik direktori o‘rinbosari etib tayinlangan.  

Ko‘proq yangiliklar: