Dyuplantis langarcho‘pda sakrash bo‘yicha jahon rekordini sakkizinchi marta yangiladi

Sport 21:13 / 20.04.2024 6290

Xitoyning Syamin shahrida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Brilliant Ligasi bosqichida shvetsiyalik Armand Dyuplantis langarcho‘pda sakrash bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. 24 yoshli sportchi 6,24 m natija bilan g‘alaba qozondi.

Ikkinchi o‘rinni amerikalik Sem Kendriks (5,82), uchinchi o‘rinni xitoylik Xuan Bokay (5,72) egalladi.

Dyuplantis 2023 yil sentabrida Amerikaning Yujin shahrida o‘rnatilgan o‘z jahon rekordini (6,23) yaxshiladi. Umuman olganda, sportchi o‘z faoliyatida sakkizinchi marta jahon rekordini yangilamoqda.

Dyuplantis 2020 yil fevralidan beri langarcho‘pda sakrash bo‘yicha dunyo rekordchisi hisoblanadi. U Tokio Olimpiadasi chempioni, ikki karra jahon va Yevropa chempionidir.

Ko‘proq yangiliklar: