Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
So‘nggi kunlarda uchta viloyatda bosh soliqchilar o‘zgardi.

Foto: Soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan Shuhratali Toyirovich Imomov Namangan viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuhratali Imomov 1977 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi hisoblangan Shuhratali Imomov muqaddam Toshkent viloyatidagi tumanlar soliq inspeksiyalarida rahbarlik qilgan, keyinroq Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlagan.
2023 yil avgustida Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Namangan viloyati DSBga esa 2022 yil mayidan buyon Alisher Boyxanov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
- 17 aprel kuni ham ikki viloyatda DSB boshliqlari o‘zgargandi. 2023 yil avgustidan buyon Samarqand viloyati soliq boshqarmasi lavozimida ishlab kelgan Sirojiddin Eshmatov Qashqadaryo viloyati DSB boshlig‘i lavozimiga o‘tgan, uning o‘rniga Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari bo‘lgan Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
-
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi
Jahon | 08:34
-
Rossiya dronlarining Xarkivga hujumida kamida 3 kishi jabrlandi
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025