Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi

O‘zbekiston 10:02 / 19.04.2024 2373

"Dunyo" xabariga ko‘ra, mamlakatning Pekindagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan o‘quvlarda Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari hamda viloyat hokimlari yordamchilari qatnashmoqda.

Onlayn seminarning ochilish qismida so‘z olgan Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi tashqi aloqalar departamenti direktori o‘rinbosari Go Juy mamlakatlar o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish sohasida hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

O‘quv seminarning asosiy maqsadi Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish hamda hududlarni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish va O‘zbekiston hududlari hokim yordamchilarining malaka ham bilimlarini oshirishdan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: