AQSh Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi

Jahon 23:26 / 19.04.2024 6395

Italiyaning Kapri orolida G7 diplomatiyasi rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng, Blinken Pekinni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi. Gap Rossiya mudofaa sanoati uchun butlovchi qismlar yetkazib berish haqida bormoqda, deb yozdi Le Monde.

«Bu Rossiyaga Ukrainaga qarshi tajovuzni davom ettirish imkonini bermoqda», dedi u jurnalistlarga.

Avvalroq Blinken NATO ittifoqchilariga ham shu mazmundagi gaplarni aytgan edi. Jumladan, «Xitoy Rossiyaga keng miqyosda yordam bermoqda, bu AQSh uchun tashvishli», degan edi. U ittifoqchilarni Xitoyga o‘z xavotirlarini bildirishga, Rossiya bilan hamkorlikni qoralashga va Rossiya sanoat bazasini mustahkamlovchi kompaniyalarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilishga chaqirdi.

AQSh prezidenti Jo Bayden ham Xitoy yetakchisi Si Jinping bilan telefon suhbati chog‘ida Xitoy Rossiyaga harbiy-sanoat bazasini tiklashda yordam bermasligi kerakligini ta’kidlagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: