21 aprel kuni poytaxtda oltinchi BYD Tashkent xalqaro marafoni va «Yangi nafas» marafoni bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan soat 4:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
- Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov shohko‘chasi bilan chorrahadan Oybek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasi bilan chorrahadan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi — Nukus ko‘chasi bilan chorrahadan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari chorrahasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi — Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;
- Shahrisabz ko‘chasining bir qismi — Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahadan Amir Temur shohko‘chasi bilan chorrahagacha;
- Afrosiyob ko‘chasi — Oybek ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Sharof Rashidov shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Sharof Rashidov shohko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahadan Islom Karimov shohko‘chasigacha;
- Islom Karimov shohko‘chasi — Sharof Rashidov ko‘chasi bilan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasigacha.