Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 09:40 / 18.04.2024 2436

TIV ma’lumotiga ko‘ra, maslahatlashuvlarda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining konsullik xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda konsullik sohasida, shuningdek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, mazkur yo‘nalishlardagi aloqalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: