Toshkentda imtiyozli uy-joy olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 08:08 / 18.04.2024 2284

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro G.R.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida unga 27 000 AQSh dollari evaziga ehtiyojmand oilalarga ajratiladigan imtiyozli uy-joydan olib berishini va’da qilib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: