Yevroittifoq va AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

Jahon 07:43 / 17.04.2024 5225

Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirish ustida ishlamoqda, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 16 aprel, seshanba kuni kechqurun Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishidan so‘ng. 

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, yangi cheklovlar Erondan qurol-yarog‘ eksportiga, jumladan, Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan Rossiyaga Islom Respublikasining uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berishiga ta’sir qiladi. 

AQShning Eronga qarshi yangi sanksiyalari 

Eronga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishi haqida shu kuni, 16 aprelda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan ma’lum qildi. U Vashingtonda ma’lum qilganidek, sanksiyalar nishoni Eron Mudofaa vazirligi va Islom inqilobi muhofizlari korpusi bo‘ladi. Cheklovlar, jumladan, Eronning dron va raketa dasturlariga qaratiladi. 

«Ushbu yangi sanksiyalar va boshqa choralar Eronga harbiy salohiyati va samaradorligini cheklash va zaiflashtirish hamda muammoli xatti-harakatlarining to‘liq ko‘lamiga qarshi turish uchun doimiy bosim o‘tkazishda davom etadi», dedi Sallivan va Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilaridan shunga o‘xshash choralar ko‘rishini kutayotganini qo‘shimcha qildi.

Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi Islom Respublikasining 14 aprelga o‘tar kechasi Isroilga qarshi havo hujumi bilan bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: