Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtini o‘zgartirdi 

O‘zbekiston 22:21 / 17.04.2024 7715

Toshkent xalqaro aeroportida aviaqatnovlar soni oshishi va yo‘lovchilar oqimi ko‘payishi hisobga olinib, ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga yangi qoidalar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, endi Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti parvozga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi. 

Parvozoldi jarayonlaridan o‘tish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha vaqtni hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan aeroportga ertaroq yetib kelish so‘ralmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: