Joriy yilning 15 aprel kuni Bektemir tumanidagi «Bektemir» YPX maskanida profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Uning davomida 23 yoshli J.X. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, hujjatlarini tekshirish davomida gap-so‘zidan xodimlarda shubha uyg‘otgan.
Haydovchi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda jigarrang, o‘tkir hidli, mumsimon modda topilgan.
Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman IIO FMBga topshirilgan.