Toshkentda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat 07:38 / 17.04.2024 9476

Joriy yilning 16 aprel kuni soat 23:30 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida 5 ta avtomashina ishtirokida YTH kuzatildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Nexia-3, Nexia-2, “Moskvich 412”, Tracker-2 va Monza rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: