Mamlakat elchixonasi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda Rossiya hududida qonuniy vakillari (ota-onalari) bo‘lmagan 17 nafar voyaga yetmagan bolalarni vatanga qaytardi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, elchixona tomonidan bolalarga vatanga qaytish uchun bepul sertifikatlar berildi.
O‘zbekistonga qaytarilgan barcha voyaga yetmagan bolalar yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatdagi maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.