O‘zlari sahnalashtirgan spektakl uchun terrorizmni oqlaganlikda ayblanayotgan rejissyor Yevgeniya Berkovich va dramaturg Svetlana Petriychuk terrorchi va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqdagi xabar 15 mart, dushanba kuni Rosfinmonitoring saytida paydo bo‘ldi.
Endi Rossiya banklaridan Petriychuk va Berkovichning barcha mablag‘larini muzlatish, shuningdek, ularning hisoblariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishi talab qilinadi.
Rosfinmonitoring ro‘yxatiga 15 aprel kuni «Finist sarlochin» spektakli mualliflaridan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilayotgan Rossiyadan kelgan ko‘ngillilar bo‘linmasi - «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» ham kiritildi.
Svetlana Petriychuk va Jyenya Berkovichga qarshi ish
Jyenya Berkovich va Svetlana Petriychukka nisbatan «terrorizmni oqlash» bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga IShID radikallariga turmushga chiqish uchun Rossiyadan Suriyaga ketgan ayollar haqida hikoya qiluvchi «Finist sarlochin» spektakli sabab bo‘lgan.
Pesa 2021 yilda «Docheri SOSO» teatrida sahnalashtirilgan va 2022 yilda ikkita «Oltin niqob» nufuzli teatr mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2023 yil may oyida Berkovich va Petriychuk hibsga olindi. Mualliflar ayblovlarni rad etyapti. Taniqli madaniyat namoyandalari so‘zga chiqib, ularni qo‘llab-quvvatladi. Huquq himoyachilari Berkovich va Petriychukning ta’qib qilinishini siyosiy sababga ega deb hisoblamoqda.