Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda

Jahon 12:17 / 16.04.2024 3226

So‘nggi ikki hafta ichida Polsha-Belarus chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishlar soni ortdi. Bu haqda 15 aprel, dushanba kuni Polsha chegara xizmati ma’lum qildi. O‘tgan dam olish kunlarining o‘zida 669 ta shunday urinish qayd etilgan, deya ta’kidladi bo‘lim.

Umuman olganda, aprel oyida Belarusdan 3200 marta, 2024 yil boshidan buyon 6500 marta Polsha chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinish yuz berdi, deya ta’kidlab o‘tdi Polsha chegara xizmati matbuot kotibi PAP agentligiga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarani ruxsatsiz kesib o‘tish holati sifatida migrantlar to‘siqdan yoki chegaradagi daryodan o‘tishi hisoblanadi, shundan so‘ng ularni Polsha hududida chegarachilar kutib oladi. «Chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinish» shuningdek, chet elliklarning to‘g‘ridan to‘g‘ri chegara to‘sig‘ida bo‘lishini ham o‘z ichiga oladi, chunki u Polsha hududida joylashgan.

Polsha-Belarus chegarasidagi inqiroz 

2021 yilda Polsha-Belarus chegarasidagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng minglab muhojirlar Yevropa Ittifoqi hududiga noqonuniy kirishga uringanida, Polsha Belarus bilan chegara tomoniga 5,5 metr balandlikdagi panjara va elektron kuzatuv tizimini o‘rnatdi. O‘shanda YeI davlatlari Aleksandr Lukashenkoni g‘arbga bosim o‘tkazish uchun inqirozli hududlardan Yevropa chegarasiga migrantlarni yetkazishni tashkil qilishda aybladi. 

Ko‘proq yangiliklar: