Bosh vazir Muhammad Ol Soniy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Oktyabr oyida O‘zbekistonda Qatar madaniyati haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini tezroq yaratish muhimligi qayd etildi.
Transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatning jiddiy keskinlashayotgani yuzasidan ham fikr almashildi.