Norvegiya va Ukraina xavfsizlik sohasida kelishuv imzolaydi

Jahon 15:20 / 16.04.2024 3795

Norvegiya va Ukraina ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini tuzishga kelishib oldi. «Norvegiya Ukrainaga uzoq muddatli harbiy, siyosiy, moliyaviy va gumanitar yordam ko‘rsatadi», — dedi Norvegiya tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde 15 mart, dushanba kuni Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng. 

Shartnoma Volodimir Zelenskiyning Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styor bilan navbatdagi uchrashuvida imzolanadi, uning sanasi hali aniqlanmagan. «Kelishuv Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etish bo‘yicha aniq siyosiy majburiyatimizni ko‘rsatadi, xuddi biz Rossiyaning ikki yildan ko‘proq vaqt oldin keng ko‘lamli hujumidan keyin qilganimizdek», — deya qo‘shimcha qildi Eyde. 2023 yilda Norvegiya Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Fritof Nansen nomidagi ko‘p yillik dastur doirasida Kiyevga 7 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratdi. Dastur 2027 yilgacha Ukrainaning harbiy va gumanitar ehtiyojlari uchun har yili mablag‘ ajratishni o‘z ichiga oladi. 

O‘q-dorilar taqchilligi va rus armiyasining frontda olg‘a siljishi fonida Kiyev xavfsizlik bo‘yicha Yevropa ittifoqchilari bilan munosabatlarni mustahkamlashga intilmoqda. Ukraina bir qancha davlatlar, jumladan, Germaniya, Britaniya va Fransiya bilan tegishli ikki tomonlama shartnomalarni imzolagan. 

Ko‘proq yangiliklar: