Britaniya: Rossiya Ukrainadagi urush uchun xorijliklarni yollashda davom etmoqda

Jahon 13:20 / 16.04.2024 3567

Rossiya Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun xorijiy fuqarolarni harbiy xizmatga jalb etishda davom etmoqda. Britaniya Mudofaa vazirligi 15 aprel, dushanba kuni xabar berishicha, ularga katta pul mukofoti va Rossiya pasporti evaziga Rossiya Qurolli kuchlarining «maxsus bo‘linmalari» safiga qo‘shilish taklif etilyapti.

Britaniya Mudofaa vazirligi xabarida xorijliklarga 2200 dollar oylik maosh, 2000 dollar miqdorida bir martalik to‘lov, Rossiya pasporti, bepul tibbiy xizmat va o‘qitish taklif qilingan ingliz tilidagi broshyuradan iqtibos keltiriladi.

Londonga ko‘ra, bunday reklama professional askarlar uchun emas, balki avvalroq aldanib, Rossiya armiyasiga qo‘shilgan muhojirlarga qaratilgan. Shu bilan birga, ularni «maxsus» emas, balki oddiy bo‘linmalarga birlashtirish rejalari bor. «Rossiya, ehtimol, o‘z uyida mashhur bo‘lmagan safarbarlik choralarini qo‘llashdan qochishni xohlayapti - kuniga o‘rtacha 913 askar - Rossiya Federatsiyasi o‘z qurolli kuchlari sonini ko‘paytirish uchun yangi imkoniyatlarni o‘rganmoqda», deb ta’kidladi harbiy departament. 

Rossiya Mudofaa vazirligi asosiy maqsadi - qo‘shni davlatlardan kelgan mehnat muhojirlari

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil o‘rtalarida internetning Rossiya segmentida Markaziy Osiyo davlatlaridan mehnat muhojirlarini yollash bo‘yicha onlayn e’lonlar berilgan. Ularda oylik maosh taklifi 1973 dollar va to‘lovlar 5140 dollarni tashkil qilgan. 

2023 yil 15 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urush paytida Mudofaa vazirligi bilan bir yillik shartnoma tuzgan xorijliklarning Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan holda olishi haqidagi farmonni imzoladi. Shundan so‘ng Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza bergan muhojirlarni harbiy xizmatga qabul qilish va harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnoma tuzishga majburlash holatlari ko‘paydi. Bir kun avval OAVda Hindiston va Nepal fuqarolari ham Rossiya armiyasiga jalb qilinib, keyin frontga jo‘natilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida, istisnosiz, chet davlat armiyasida xizmat qilish yollanma harbiylik faoliyati moddasiga kiruvchi jinoyat hisoblanadi. Shu bois Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘lgan muhojirlar vataniga qaytgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ushbu modda bo‘yicha qamoq jazosi Tojikistonda 5 yildan 12 yilgacha, O‘zbekistonda 5 yildan 10 yilgacha, Qirg‘izistonda 10 yildan 12 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: