Bayden va uning rafiqasi 2023 yil uchun daromadlarini oshkor qildi

Jahon 19:31 / 16.04.2024 5956

Oq uyning soliq deklaratsiyasiga tayanib xabar berishicha, ushbu summadan er-xotin 23,7 foiz stavkada 146,6 ming dollar miqdorida federal daromad solig‘ini to‘lagan. 

Jo Bayden va uning rafiqasi o‘z uyi joylashgan Delaver shtatida taxminan 30,9 ming dollar soliq to‘lagan. Jill Bayden Virjiniya shtatida 3,5 ming dollar soliq to‘lagan. 

Shu bilan birga, Baydenlar oilasi 17 ta turli jamg‘armalarga umumiy hisobda 20 ming dollar xayriya qilgan. Shundan 5 ming dollar marhum o‘g‘li Bo Bayden nomi bilan atalgan jamg‘armaga tushgan. 

2022 yilda oilaning yillik daromadi 579,5 ming dollarni tashkil etgan edi. Bloomberg ta’kidlaganidek, 2023 yilda daromadning oshishi Shimoliy Virjiniya jamoat kolleji professori Jill Bayden maoshining oshishi bilan bog‘liq. Shuningdek, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarining oshishi tufayli daromad ham oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: