Rossiya egallab olgan Tokmakning o‘qqa tutilishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Jahon 12:21 / 15.04.2024 6518

Ukraina qurolli kuchlari tomonidan Zaporijjya viloyatida Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Tokmak shahrining o‘qqa tutilishi natijasida qurbonlar soni 16 kishiga yetdi. Bu haqda Rossiya tomonidan tayinlangan mintaqa «gubernatori» Yevgeniy Balitskiy 14 aprel, yakshanba kuni o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola ham bor. Balitskiyning so‘zlariga ko‘ra, zarbadan jabrlangan 20 kishidan 12 nafari kasalxonada og‘ir ahvolda, yana sakkiz kishi statsionar davolanishga o‘tkazilgan.

Zaporijjya viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati rahbari so‘zlariga ko‘ra, zarba 12 aprel kuni Tokmak shahridagi ko‘p xonadonli sektorga berilgan. Natijada 25 ta xususiy sektor va 9 ta ko‘p qavatli uy gazsiz qolgan. 

Ukraina qurolli kuchlari vakillari voqea yuzasidan izoh bermadi.

Ko‘proq yangiliklar: