"Dunyo" xabariga ko‘ra, Britaniya tomoni O‘zbekiston hukumatining mamlakat fuqarolarini chet elga tartibli va xavfsiz ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirayotgan tizimli ishlarini yuqori baholadi.
Ta’kidlanganidek, sohadagi islohotlar o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini xorijda talabgor bo‘lishiga hamda tayyor mutaxassis sifatida yuqori oylik maosh olishiga sabab bo‘lmoqda.
"O‘zbekistondan oliy toifadagi shifokorlarni ishga jalb qilish uchun o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ular uchun kasbiy til ko‘nikmalarini egallashlari uchun o‘quvlarni tashkil etishga tayyormiz. Tanlovdan o‘tgan shifokorlar Britaniyadagi nufuzli shifoxonalarda ish bilan ta’minlanadilar", dedi u.
Muzokaralar yakunida Triple West Medical rekruting kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatga amaliy safarini uyushtirish va tegishli davlat idoralari vakillari bilan muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.