Moskva shahrida mehnat migrantlari qurilish materiallari uchun janjallashdi.
Baza xabariga ko‘ra, hodisa 14 aprel kuni «Metronom» turar-joy majmuasi qurilishida sodir bo‘lgan. Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari armatura paketi ustidan janjallashgan. Dastlab quruvchilar mushtlashgan, keyin bir-birini toshbo‘ron qilgan.
Hodisa joyiga politsiya chaqirilgan. Oqibatda, 20 kishi politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Hech kim jiddiy jarohat olmagan va tibbiy yordam talab qilinmagan.