Fransiyaning «Ashan» kompaniyasi shu’ba korxonasi Rossiyadagi biznesini sotdi

Jahon 15:08 / 15.04.2024 5320

Savdo markazlariga egalik qiluvchi va boshqaruvchi, «Ashan» (Auchan) guruhi tarkibiga kiruvchi Fransiyaning «Sitras» (Ceetrus) kompaniyasi Rossiyadagi aktivlarini sotish bo‘yicha bitim tuzdi. Bu haqda 14 aprel, yakshanba kuni RBK xabar berdi. Kompaniyaning yangi egasi «Torgovyye galerei» firmasi bo‘ldi. 

«Sitras» Rossiya portfeli 150 ming kvadrat metr savdo maydonini o‘z ichiga oladi, deyiladi uning saytidagi ma’lumotlarda. U 40 ta savdo markazlari va galereyalarini boshqaradi. 

2023 yil dekabr oyida «Izvestiya» gazetasi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Andrey Belousovning bosh vazir Mixail Mishustinga yo‘llagan maktubiga tayanib, Sanoat va savdo vazirligi «Ashan» savdo tarmoqlarining Rossiyadan chiqib ketishi xavfi borligini ko‘rayotgani haqida xabar berdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va kiyim-kechak sotishga ixtisoslashgan chakana savdo do‘koni Rossiyada 2002 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan so‘ng, fransuz kompaniyasi bosh direktori Iv Klod «Ashan» Rossiyada o‘z faoliyatini davom ettirishini aytdi, chunki u tinch aholi uchun ishlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: