«Yunayted» YeChLdan umid uzmoqda, «Real» va «Barsa» fantastik gollar bilan g‘alaba qozondi. Yevropada kun o‘yinlari

Sport 13:33 / 14.04.2024 16441

Angliya: «Tottenhem»ning xo‘rlanishi va Dokuning benefisi

«Nyukasl» — «Tottenhem» 4:0
Gollar:
Isak (30, 51), Gordon (32), Sher (87). 
«Nyukasl» – Dubravka, Sher (Dammett, 90+3), Kraft, Bern, Anderson (Richi, 90+2), Bruno Gimaraes (Uayt, 90+2), Longstaff, Merfi (Livramento, 77), Barns (Holl, 89), Gordon, Isak.
«Tottenhem» – Vikario, Porro (Emerson, 49), Romero, van de Ven, Udoji, Meddison (Lo Chelso, 81), Bentankur (Sarr, 57), Bissuma (Hyoyberg, 57), Son (Kulusevski, 58), Jonson, Verner.
Ogohlantirishlar: van de Ven (27), Bissuma (47), Romero (56), Meddison (61).

«Tottenhem» hisobni ochishi mumkin edi, ammo o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi, keyin esa himoyachilarining xatolari tufayli ikki daqiqa ichida ikki gol o‘tkazib yubordi. Dastlab Gordon Udojidan to‘pni olib qo‘ydi va Isakni qulay vaziyatga chiqardi, keyin Porroning xato pasidan keyin to‘pni egallab olib, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi — u joriy mavsumda «Sent-Jyeyms Park»da «katta oltilik»ning barcha vakillariga gol urdi. Isak birinchi goli bilan «Nyukasl» afsonalari — Alan Shirer, Endi Koul va Les Ferdinand bilan tenglashib oldi. Bungacha «qarg‘alar»ning  faqat shu uch futbolchi APLning qatorasiga olti uy uchrashuvida raqib darvozalarini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Mezbonlar tanaffusdan keyin darhol o‘yin taqdirini hal qilishdi. «Shporlar» himoya chizig‘ini juda oldinga chiqarishgandi va Son raqib jarima maydoni yaqinida to‘pni oldirgach, Brunu Gimaraes uzun pas orqali Isakni darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqarib yubordi, o‘yin oxirida esa Gordonning burchakdan uzatgan pasidan keyin Sher to‘rtinchi golni urdi. Eddi Hau shogirdlari o‘yinning atigi 27 foiz qismida (!) to‘pga egalik qilib ham yirik hisobda g‘alaba qozondi va hozircha vaqtincha oltinchi o‘ringa ko‘tarilib, yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. «Tottenhem» esa yakshanba kuni prinsipial raqibiga muxlislik qilishiga to‘g‘ri keladi, chunki faqat «Arsenal» g‘alabasigina «Aston Villa» top-4 uchun kurashda oldinga chiqib ketmasligini ta’minlaydi.

«Manchester Siti» — «Luton» 5:1
Gollar:
Hasioka (2, avtogol), Kovachich (64), Holand (76), Doku (87), Gvardiol (90+3) — Barkli (81). 
«Manchester Siti» – Ederson, Lyuis, Ruben Diash, Akanji, Gvardiol, Kovachich, de Bryuyne (Serxio Gomes, 81), Mateush Nunesh, Doku, Holand (Bobb, 81), Alvares.
«Luton» – Kaminski, Berk, Hasioka, Dauti, Barkli, Berri (Raddok-Mpanzu, 77), Klark (Jonson, 88), Oniyedinma (Nelson, 88), Taunsend (Vudrou, 59), Chong, Morris.
Ogohlantirish: de Bruyne (43).

Sog‘ayib safga qaytgan De Bruyne bilan o‘ynagan «Manchester Siti» birinchi bo‘limni «Real»ga qarshi o‘yin uchun kuch tejayotgandek o‘tkazdi. Bo‘lim boshidayoq Holand uyushtirgan hujumdan keyin hisob ochildi va «shlyapkachilar» himoyachisi Hashioki so‘nggi uch turda ikkinchi bor o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Kovachich ajoyib zarbasi bilan «shaharliklar»ning to‘liq ustunligini hisobda aks ettirdi.

Doku esa o‘yinning so‘nggi qismi qahramoniga aylandi. Ushbu belgiyalik avvaliga penalti ishladi va Holand hisobni yiriklashtirdi. Keyin u ikki himoyachini fintlari bilan dog‘da qoldirib ularning orasidan yorib o‘tdi, uchinchi himoyachining oyoqlari orasidan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi. Keyin esa aynan uning pasidan keyin Gvardiol o‘yinga nuqta qo‘ydi. Xorvatiyalik himoyachi Chempionlar ligasidagi golidan keyin yana olis masofadan darvoza to‘rini ishg‘ol etdi. Uning zarbasi shunday kuchli ediki, darvozabon joyidan qimirlashga ulgurmadi. Xosep Gvardiola jamoasi birinchi o‘ringa ko‘tarildi va «Liverpul»hamda «Arsenal»ning yakshanba kungi o‘yinlari natijasini kutadi.

«Bornmut» — «Manchester Yunayted» 2:2
Gollar:
Solanke (16), Klyuyvert (36) — Fernandesh (31, 65 penalti).
«Bornmut» – Neto, Smit (Aarons, 70), Senesi, Zabarniy, Kerkez, Kristi, Kuk, Klyuyvert (Unal, 76), Sinisterra (Kelli, 39), Uattara (Fevr, 70), Solanke.
«Manchester Yunayted» – Onana, Dalot, Maguayr, Kambvala, Uan-Bissaka, Kazemiro, Fernandesh, Maynu (Maunt, 78), Garnacho (Diallo, 46), Reshford, Hoylund.
Ogohlantirishlar: Senesi (33), Kristi (86), Kuk (86), Neto (90+1).

«MYu» uchun bu mavsumdagi raqiblarning hech biri oddiy bo‘lmayapti. «Bornmut» ham istisno bo‘lmadi. Mezbonlar dastlab maydon markazida to‘pni olib qo‘yib, tezkor qarshi hujum bilan raqib himoyachini dog‘da qoldirdi. «Qizil iblislar» javob golini katta mashaqqat bilan urishdi, ammo mezbonlar yana osonlik bilan hisobda oldinga chiqib olishdi. Klyuyvert hech qanday qarshiliksiz jarima maydoniga kirib bordi va to‘pni Kambvalaning ortidan turib yaqin burchakka aniq yo‘naltirdi. Ushbu yosh himoyachi birinchi gol o‘tkazilgan hujumda ham Solankega osonlik bilan aldangandi.

Birinchi bo‘lim oxirida Onana Klyuyverning yaqin masofadan gazonga sapchitib yo‘llagan zarbasini qaytargan holda qahramonlik ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi. U «Yunayted» uchun o‘yinni qutqarish imkonini qoldirdi va jamoa ikkinchi bo‘limda Fernandesh tomonidan aniq ijro etilgan penalti evaziga durangga erishdi. Bu natija faqat to‘plangan ochkolar soni bo‘yicha «Nyukasl»ga tenglashish imkonini berdi. Ammo vaziyat bundan ham yomonroq tus olishi mumkin edi, qo‘shimcha daqiqalarda «MYu» VAR tufayli o‘z darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi qo‘yilishidan qutulib qoldi, videotakror qo‘pollik jarima maydoni tashqarida sodir etilganini qayd etdi.

Bu holatda ham Kambvala ishonchsiz harakat qilib, raqibni to‘xtatib qolgandi.

Ispaniya: Feliksdan shedevr

«Atletiko» — «Jirona» 3:1
Gollar:
Grizmann (34 penalti, 50), Korrea (45+6) — Dovbik (4).
«Atletiko» – Oblak, Molina, Savich, Ermoso, Reynildu (Vitsel, 46), Rikelme (Lino, 68), Saul (Morata, 41), Koke, De Paul (Aspilikueta, 75), Korrea, Grizmann (Lorente, 68).
«Jirona» – Gassaniga, Yan Kouto, Erik Garsiya, Blind, David Lopes (Martines, 65), Migel Guterres, Aleish Garsiya, Errera (Portu, 65), Solis (Torre, 57), Dovbik (Stuani, 83), Savio (Fernandes, 83).
Ogohlantirishlar: Saul (25), Errera (32), Korrea (35), Yan Kouto (70), Lorente (90+2).

«Atletiko» «Atletik» xavf solib turgan kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini saqlab qolib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi talab etiladi. Ammo shu bilan birga, hafta o‘rtasida Dortmundga bo‘ladigan muhim safarni ham yoddan chiqarmaslik kerak edi va madridliklar maydonga shu xayol bilan chiqib kelishdi. «Jirona»ning tezkor goli ularni reallikka qaytardi, Yan Kouto Dovbikni bo‘sh darvozasiga chiqarib yuborgandi.

Diyego Simeone jamoasi faqat bo‘lim o‘rtalarida o‘ziga kela boshladi va Guterres jarima maydoni ichida to‘pni qo‘l bilan o‘ynagani tufayli belgilangan penaltini Grizmann aniq ijro etdi. Bo‘lim oxirida Saul majburan almashtirilishi «matraschilar» foydasiga ishladi. Uning o‘rniga tushgan Morata arbitr tomonidan birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan oltinchi daqiqada deyarli umidsiz vaziyatda to‘pni saqlab qoldi va Korreani golli pas bilan ta’minladi.

Bu mavsumda o‘zi hisobni ochgan o‘yinlarida yutqazmagan «Jirona» ikkinchi bo‘lim boshida o‘tkazib yuborilgan goldan keyin taslim bo‘ldi, bu vaziyatda Grizmann himoyachilar xatosidan foydalanib, dublni rasmiylashtirdi. Fransuz hujumchisi endi Bellinghemni ortda qoldirgan holda, 21 gol bilan Ispaniyada barcha turnirlar doirasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Uning jamoasi esa nafaqat uchinchi o‘rindagi «Jirona» bilan oradagi farqni qisqartirdi, balki eng yaqin ta’qibchisini besh ballga ortda qoldirmoqda.

«Malyorka» — «Real» 0:1
Gol:
Chuameni (48).
«Malyorka» – Raykovich, Maffeo (Radonich, 78), Nastasich, Raillo, Gonsales, Toni Lato, Sanches (Prats, 59), Dani Rodriges (Larin, 86), Morlanes (Maskarel, 59), Samu Koshta (Darder, 59), Muriki.
«Real» – Lunin, Nacho, Ryudiger, Mendi, Militao, Modrich (Karvaxal, 86), Valverde, Dias (Vinisius, 63), Chuameni, Bellinghem (Kamavinga, 64), Vaskes, Xoselu.
Ogohlantirishlar: Raillo (16), Muriki (83), Lunin (85).

O‘tgan haftada kubok finalida yutqazgan «Malyorka» mehmoni bo‘lgan Karlo Anchelotti tarkibda rotatsiya amalga oshirdi. «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushganlardan Rodrigo, Kroos, Karvaxal va Vinisius Junior zaxirada qoldirildi. Tshuameniga ham dam berilishi mumkin edi, ammo YeChLda diskvalifikatsiyaga uchragandi va fransuz futbolchisining kuchini tejashga zarurat yo‘q edi. Ammo, o‘yinning qiyin kechishini tarkibda yulduzlar yo‘qligining o‘zi bilan izohlash o‘rinsiz. Qaymoqranglilar odatda doim «Malyorka» maydonida qiynaladi va «Qirollik klubi» bu yerda so‘nggi uch o‘yindan ikkitasida yutqazgan.

Tanaffusga qadar mehmonlarda eng yaxshi vaziyat Bellinghemning uzoqdan yo‘llagan zarbasi bo‘ldi, bu vaziyatda to‘p to‘singa tegdi. Golni esa ikkinchi bo‘lim boshida Tshuameni urdi. Fransuz futbolchisi jarima maydoni tashqarisida o‘ziga to‘p kelib tushishi bilan o‘ylanib o‘tirmasdan kuchli zarba yo‘lladi va darvozabon rikoshet tufayli hech narsa qila olmadi.

Shu bilan birga, madridliklar qulay vaziyatlarni yo‘qqa chiqarishdi. Braim Dias to‘pni darvozabonning o‘ziga tepdi, Valverde darvozabonni aldab o‘tganidan keyin to‘pni darvoza chizig‘iga yetib kelgan himoyachi Nastasichni mo‘ljallab zarba berishni uddaladi. Agar Lunin Darderning kuchli va aniq zarbasini qaytara olmaganida o‘yin butunlay boshqacha natija bilan tugashi ham mumkin edi. Ammo darvozabon o‘zini ko‘rsatdi va Madridni chempionlikka yaqinlashtirdi. Blankos safar o‘yinlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 12 turga yetkazdi. Bu «Real»ning Anchelotti boshqaruvi davridagi eng yaxshi ko‘rsatkichi.

«Kadis» — «Barselona» 0:1
Gol:
Feliks (37).
«Kadis» – Ledesma, Karselen, Viktor Chust (Pires, 83), Usu, Xavi, Navarro (Machis, 77), Aleks Fernandes (Samasseku, 76), Alkaras, Sobrino, Xuanmi (Roxer Marti, 76), Ramos (Maksi Gomes, 52).
«Barselona» – ter Stegen, Fort (Pedri, 62), Kristensen (Kunde, 62), Kubarsi, Alonso, Serxi Roberto, Romeu, Lopes (Rafinya, 80), Joau Feliks (Kasado, 85), Ferran Torres, Roke (Yamal, 62).
Ogohlantirishlar: Kubarsi (26), Alkaras (45+1), Serxi Roberto (45+1), Xavi (64), ter Stegen (77), Roxer Marti (85).

«Barselona»da Levandovski safdan chiqdi, ammo Joau Feliks uning yo‘qligini bildirmadi. Portugaliyalik futbolchi kerakli vaqtda chalqancha uslubidagi zarbasi bilan jamoaga g‘alaba keltirdi. Kataloniyaliklar birinchi bo‘lim oxirida ikkinchi golni urishga yaqin kelgandi, ammo mezbonlar himoyachisi Chust Fermin Lopesning zarbasidan keyin to‘pni darvoza chizig‘i ustidan qaytardi. Bu harakat va tanaffus «Kadis»ga o‘ziga kelib olishga imkon berdi va ikkinchi bo‘limda o‘yin qarama-qarshi kurslarda kechdi.

Mezbonlar raqib darvozasini ham ishg‘ol etishdi, ammo Xuanmi ofsaydga tushib qolgani ma’lum bo‘ldi. Ammo o‘yin xarakteri o‘zgarib bordi va diskvalifikatsiya o‘tayotgan Xavi o‘z shtabiga kerakli ko‘rsatmalarni berganidan keyin ko‘k-anorranglilar uchtalik almashtirishni amalga oshirishdi. Intriga o‘yin oxiriga qadar saqlanib qolgan bo‘lsa-da, mehmonlarning bu o‘zgartirishlari amalda ish berdi. Mezbonlar qolgan vaqt davomida darvoza tomon berilgan zarbalardan ko‘ra raqib oyog‘iga ko‘proq zarba berishiga to‘g‘ri keldi. Endilikda klasikodan oldin (jamoalar hafta o‘rtasida Chempionlar ligasi chorakfinalida javob uchrashuvlarida ham maydonga tushishadi), «Real» va «Barsa»ni sakkiz ochko ajratib turibdi.

Italiya: Turin derbisidagi nursiz durang

«Torino» — «Yuventus» 0:0
«Torino» – Milinkovich-Savich, Bellanova (Mazina, 85), Rodriges, Buonjorno, Tamez, Voyvoda (Lazaro, 78), Linetti, Vlashich, Richchi, Sapata, Sanabriya (Okereke, 77).
«Yuventus» – Shchensni, Kambiyazo (Alkaras, 90+5), Danilo, Bremer, Gatti (Aleks Sandro, 78), Kostich (Ayling, 64), Rabio, Lokatelli, Makkenni, Keza (Yildiz, 65), Vlaxovich (Ken, 78).
Ogohlantirishlar: Gatti (44), Richchi (45+2), Voyvoda (45+4), Kambiyazo (69), Linetti (76).

Turin derbisi mehmonlarning tezkor goli bilan boshlanishi mumkin edi, ammo «Torino»ni o‘tgan mavsumda ranjita olgan Vlahovich Kiyezaning ideal pasidan keyin bir necha metrdan yo‘llagan zarbasi bilan ustunni nishonga oldi. O‘yinning yarim soati ortda qolayotganida mehmonlar jamoasi to‘purari yana qulay pozitsiyada paydo bo‘ldi, ammo bu safar uni Serbiya milliy jamoasidagi sherigi Milinkovich-Savich to‘xtatdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lazaro raqibni ko‘kka sovurilgan vaziyatlar uchun jazolashi mumkin edi, ammo uning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘sini yuqorisidan o‘tib ketdi.

Umuman olganda, bu o‘yinda yaqqol golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi, o‘yin asosan asablar jangiga aylandi, kurash ko‘p edi, ammo ijodkorlik yetishmadi. Yakunda o‘yin mantig‘iga mos bo‘lgan 0:0 hisobi ikki jamoaga ham o‘z seriyasini davom ettirishga imkon berdi. «Yuventus» derbida 18 o‘yindirki yutqazmayapti (+13=5), bu jamoalar qarama-qarshiligida bunday seriya oxirgi bor 1929 yildan 1939 yilga qadar bo‘lgan davrda kuzatilgan. «Torino» esa o‘z tarixida birinchi bor bir mavsumda qatorasiga 11 ta uy uchrashuvida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Germaniya: to‘rtinchi o‘rin uchun poyga

«Bavariya» — «Kyoln» 2:0
Gollar:
Gerreyru (65), Myuller (90+3). 
«Bavariya» – Ulrayh, Dayyer, de Ligt (Upamekano, 61), Mazraui (Devis, 62), Gerreyru (Laymer, 79), Pavlovich (Goretska, 79), Kimmix, Myuller, Koman (Musiala, 50), Keyn, Tel.
«Kyoln» – Shvebe, Shabo, Hyubers, Finkgrefe, Kayns (Valdshmidt, 54), Lyubichich, Kristensen, Tilmann (Hayns, 76), Mayna (Shmits, 67), Alidu (Dauns, 76), Adamyan (Tigges, 67).
Ogohlantirishlar: Kristensen (5), Mayna (30), Adamyan (36).

Diskvalifikatsiyaga uchragan Tomas Tuxelsiz maydonga tushgan «Bavariya» «Bayyer»ga o‘ynamasdan chempion bo‘lishga yo‘l qo‘ymadi. Shu bilan birga, buni myunxenliklarning oson g‘alabasi deb ham bo‘lmaydi, mezbonlar «Kyoln»ni taslim etishi uchun bir bir soatdan ko‘proq vaqt talab etildi. Qolaversa, hal qiluvchi gol — burchak zarbasi nostandart tarzda ijro etilishi orqali urildi. Kimmih to‘pni havodan oshirib berish o‘rniga Rafael Gerreyruga yetkazib berdi va portugaliyalik himoyachi uni chiroyli zarba bilan olis burchakka yo‘naltirdi. O‘yin yakuniga oz vaqt qolganida esa Myuller mehmonlar himoyasidagi tartibsizlikdan foydalanib qoldi. Endi Leverkuzen chempion bo‘lish uchun bugun o‘z o‘yinida «Verder» ustidan g‘alaba qozonishi talab etiladi.

«Leypsig» — «Volfsburg» 3:0
Gollar:
Olmo (13), Sheshko (68), Openda (82). 
«Leypsig» – Gulachi, Simakan (Klostermann, 79), Orban, Lukeba, Henriks, Shlager (Zayvald, 76), Olmo, Aydara (Bitshiabu, 86), Simons, Openda (Elmaz, 86), Sheshko (Baumgartner, 76).
«Volfsburg» – Pervan, Fisher (Mele, 66), Tseziger, Bornauv, Yyens (Svanberg, 55), Gerardt, Baku (Tiagu Tomash, 78), Arnold, Vranks, Berens (Vind, 78), Sarr (Mayer, 55).
Ogohlantirishlar: Fisher (25), Berens (25), Shlager (27), Yyens (35), Svanberg (85).

«Borussiya» M — «Borussiya» D 1:2
Gollar
: Veber (36) — Zabitser (22, 28 penalti). 
«Borussiya» M – Omlin, Layner (Chvanchara, 64), Elvedi, Fridrix, Veber (Sebatsho, 75; Herrmann, 85), Nets, Itakura, Vaygl (Rayts, 74), Onora, Ngumu (Xak, 64), Plea.
«Borussiya» D – Kobel, Zyule, Shlotterbek, Matsen (Ryuerson, 46), Zabitser, Brandt (Nmecha, 71), O‘zjan, Volf, Adeyyemi, Bayno-Gittens (Malen, 54), Aller (Mukoko, 10; Hummels, 71).
Ogohlantirishlar: Matsen (14), Adeyyemi (45+4), Itakura (84), Nmecha (90+4). 
Chetlatish: Adeyyemi (55).

To‘rtinchi o‘rin va Chempionlar yo‘llanmasi uchun kechayotgan qizg‘in kurashda bu turda ham «Leypsig» dastlabki qadamni tashladi. Dastlab Dani Olmo jarima maydoni yaqinida to‘pni qabul qilib olib, himoyachining faol qarshiligiga qaramasdan to‘pni pastki burchakka yo‘lladi. Dortmund esa «Borussiya» jamoalarining parallel kechgan derbisida Zabitserning dubli bilan javob qaytardi. Avstriyalik yarimhimoyachining birinchi goli juda chiroyli chiqdi. U o‘tkir burchakda turib Shlotterbekning olisdan uzatib bergan to‘pni to‘xtatmasdan darvoza to‘riga joyladi. Uning penaltidan urgan ikkinchi goliga gladbahliklar Veberning goli bilan javob qaytardi, shu tufayli ikki o‘yinda ham jamoalar tanaffusga minimal ustunlik bilan yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa kichik «Borussiya» darvozasiga ikkinchi penalti qo‘yildi. Bu vaziyatda darvozabon to‘pga o‘ynagan va shundan keyingina inersiya bo‘yicha Adeyyemi bilan to‘qnashgandi, VAR faqat Zabitser «nuqta»dan to‘pni darvozaga yo‘llaganidagina arbitrga bu haqda xabar berdi. Bu vaziyatda aloqa pand bergan, ammo baribir xato tuzatilib, gol bekor qilindi, bu esa intriga so‘nggi daqiqalarga qadar saqlanib qolishini ta’minladi. O‘yinlarning qolgan qismida «Leypsig» «Volfsburg»ni yirik hisobda tor-mor etdi, «asalarilar» esa ozchilik bo‘lib qolib (55-daqiqada Adeyyemi chetlatildi) qo‘shimcha daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan boy berishiga bir baxya qoldi. Ammo ikki raqobatchi ham yakunda o‘z o‘rnida qoldi — ochkolar teng holatda «ho‘kizlar» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga turnir jadvalida «asalarilar»dan yuqorida joylashgan.

«Shtutgart» — «Ayntraxt» 3:0
Gollar:
Girassi (11), Undav (17), Leveling (37).
«Shtutgart» – Bredlov, Stergiu, Anton, Ito, Mittelshtedt, Karazor (Dahud, 78), Shtiller, Fyurix (Miyo, 66), Leveling (Shtensel, 90), Girassi (Mvumpa, 90), Undav (Chon Vu Yon, 78).
«Ayntraxt» – Trapp, Buta, Kox, Pacho, Nkunku (Maks, 66), Hasebe (Mladenovich, 85), Larsson (van de Bek, 66), Shaibi, Marmush, Knauff (Ekitik, 46), Baoyya (Kollinz, 65).
Ogohlantirishlar: Nkunku (23), Knauff (25), Hasebe (50), Shtiller (75).

«Shtutgart» esa o‘zini uchinchi o‘rinda ancha xotirjam his qilmoqda. Shvablar shanba kungi o‘yinda katta kuch sarflamasdan, birinchi bo‘limdayoq uch gol urgan holda g‘alaba qozondi. Odatdagidek jamoaning asosiy hujumchilari masalani hal qilishdi. Hisobni ochgan Girassi bir mavsumda 25 gol urish orqali klub rekordini o‘rnatdi. Undav esa 1996 yildan buyon bundesligadagi debyut mavsumidayoq 16 gol urgan ilk germaniyalik futbolchi bo‘ldi.

Uning o‘tmishdoshi JARda tug‘ilgan va Germaniya fuqaroligini qabul qilgan Shon Dandi bo‘lgan. Undavning faoliyati ham nostandart kechgan. U bir necha yilni quyi ligalarda o‘tkazgan, u yerdan Belgiyaning «Yunion» klubiga taklif olgan. U bilan jamoa ikkinchi diviziondan chiqib, hozirgi darajasiga yetishgan, Undav ham futbolchilarni rivojlantirish tizimi bo‘yicha ko‘tarilib,«Brayton» safiga o‘tgan, bu ikki klub egasi bir kishi hisoblanadi. Shunday qilib, Deniz o‘z vatanida yuqori divizionda 27 yoshida debyut qilishga erishadi, uning muvaffaqiyatl debyuti milliy jamoadan chaqiruv olishiga olib keldi va u endi Yevro-2024 turnirida ishtirok etishi mumkin.

Kun statistikasi

  • PSV hujumchisi Lyuk de Yong Niderlandiya chempionatida to‘rt mavsumda kamida 25 gol urgan 4-futbolchiga aylandi.
  • «Portu»da 19 yildan buyon ilk bor bir mavsumda to‘qqiz chetlatish kuzatildi.
  • «Fenerbahche» bu mavsumda o‘yinlarning atigi 33 foizida g‘alaba qozongan — bu jamoa murabbiylari uchun 1987/88 yillar mavsumidan buyon eng yomon natijasi. Bunday natija qayd etgan Fernandu Santush ishdan bo‘shatildi.
  • «Manchester Siti» «Luton» bilan o‘yinda 37 bor zarba yo‘lladi — bu APLda mavsum rekordi.
  • «Union» himoyachisi Fogt bundesligada 267 o‘yin o‘tkazib, birorta gol urmadi. Bu turnirda rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, bungacha bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkich o‘tgan asrning 60-70-yillarida o‘ynagan Ditmar Shvagerga tegishli edi.
Ko‘proq yangiliklar: