Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Klublar mundialini tark etgan amerikaliklar ichki chempionat o‘yinlariga qaytdi.

Foto: Imagn Images, USA Today Spors
Messining dubli «Inter Mayami»ga «Monreal»ni mag‘lub etishda yordam berdi
MLS. Sharqiy konferensiya, 21-tur
«Monreal» – «Inter Mayami» 1:4
6 iyul. Monreal (Kanada). «Saputo»
Gollar: Ovusu, 2 (1:0) – Alende, 30 (1:1), Messi, 40 (1:2), Segoviya, 60 (1:3), Messi, 62 (1:4).
«Monreal»: Sirua, Bugay, Krayg, Alvares, Pertacso, Sili (Duke, 69), Pette (Kampbell, 46), Loturi, Pirs (Guboglo, 69), Ovusu (Sunusi, 85), Klark (Sinchuk, 80).
«Inter Mayami»: Ustari, Vegandt, Aviles (Martines, 72), Falkon (Seylor, 87), Alba, Allende (Piko, 83), Kremaski (Redondo, 72), Buskets, Segoviya (Rodriges, 72), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Alvares 45+2 – Buskets 54, Martines 88.
Yevropa jamoalari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirokini yakunlagach, uzoq kutilgan ta’tilni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lsa, «Inter Mayami» «PSJ»ga yirik hisobda yengilib (0:4), turnirni tark etganidan olti kun o‘tgach, yana bor e’tiborini MLS o‘yinlariga qaratishi lozim bo‘ladi. «Biz 1/8 finalga chiqish yo‘llanmasini hal qildik va turnirni boshni baland ko‘tarib tark etdik. Endi bor e’tiborimizni MLSga va keyingi turnirlarga qaratamiz», — deya yozgandi Messi.
Boshlanishi oson bo‘lmadi va 2-daqiqadayoq floridaliklar Monrealda Sharqiy konferensiyaning so‘nggi o‘rindagi jamoasidan gol o‘tkazib yuborishdi. Kanadaliklar iyunning ikkinchi yarmiga kelib ochkolar to‘play boshlagan va oxirgi uch o‘yinidan ikkitasida g‘alaba qozongandi. Bu safargi o‘yin boshida esa kuchli pressing va ... Messi yordam berib yubordi. Argentinalik futbolchi o‘z jamoasi jarima maydoni yaqinida to‘pni raqibga topshirdi va amalda Ovusuga assistentlik qildi.
Keyin esa «Inter» sardori o‘z aybini ortig‘i bilan yuvishga kirishdi. Avvaliga Alende Messining pasidan keyin yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, keyin esa vatandoshining navbatdagi pasini baribir golga aylantirdi. Alendening o‘zi ham bu hujumda asosiy ishni bajardi, u markazga ko‘chib, uzoq masofadan aniq nishonga oldi. Birinchi bo‘limni esa Messining chiroyli goli yakunlab berdi, u Suaresdan to‘p qabul qilib olib, raqib jarima maydoniga kirib bordi va qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi.
38 yoshli urugvaylik futbolchi mavsum yakunida «qarqaralar» safini tark etishi kutilmoqda, u faoliyatini yakunlashi yoki yana bir mavsum o‘z vatanida o‘ynashi mumkin. Messining o‘zi esa «Inter» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olgani aytilmoqda. Shu tufayli mavsumning qolgan qismida muxlislar ushbu futbolchilarning birgalikdagi o‘yinlaridan zavq olishi kerak. Futbolchilarning o‘zi ham bu damlarni qadrlaydi va Kanadadagi o‘yinda Segoviyaning golidan ikki daqiqa o‘tib yana bir golni birgalikda yuzaga keltirishdi. Messi eng yaxshi davrlarini yodga solib, jarima maydoni ichida raqibning 5 futbolchisini dog‘da qoldirdi, keyin esa darvozabonga ham imkon qoldirmadi. 4:1 – «Monreal» uchun nokaut edi.
Xaver Maskerano shogirdlari turnir jadvali yetakchilarini ta’qib etishga kirishdi, jamoa klublar mundialidagi ishtiroki tufayli to‘rtta turni o‘tkazib yuborgan va agar bu o‘yinlarda 100 foizlik natijaga erishilsa, birinchi o‘ringa ko‘tarilib olish mumkin.
Tavsiya etamiz
“Operatsiyalarni tibbiy ma’lumotsiz “mutaxassislar” qilyapti” – O‘zbekistonda kosmetologiya nega nazoratsiz?
Sog‘lom hayot | 13:20 / 03.08.2025
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘kdala tumanida yana gaz to‘ldirish shoxobchasi portladi
O‘zbekiston | 23:58 / 05.08.2025
-
Amerikalik avtopoygachi jahon rekordini o‘rnatishga urinib, halok bo‘ldi
Jahon | 23:45 / 05.08.2025
-
Samarqandda hokimlar almashinuvi, Toshkentda 560 ming dollarlik o‘g‘irlik va andijoncha majburiy mehnat – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:39 / 05.08.2025
-
BMT konferensiyasida o‘zbek hovlisi ko‘rinishida qurilgan O‘zbekiston pavilyoni namoyish etildi
O‘zbekiston | 23:15 / 05.08.2025
Mavzuga oid

02:13 / 14.07.2025
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi

08:07 / 10.07.2025
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi

11:26 / 06.07.2025
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi

09:30 / 06.07.2025