Zafar Sanginov O‘zbekistonning Rossiyadagi bojxona vakili etib tayinlandi

O‘zbekiston 12:08 / 13.04.2024 12653

2022 yilning 2 dekabrida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning 3-majlisi doirasida ikkala mamlakat bojxona xizmati rahbarlari O‘zbekiston va Rossiyada bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolashgandi.

Mazkur bitim amalga oshib, O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Rossiyadagi vakili o‘z faoliyatini boshladi

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botir Asadov,  O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Rossiyadagi vakili etib tayinlangan Zafar Sanginov va Rossiya federal bojxona xizmati rahbari Ruslan Davidov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilishdi. 

Tahlillarga ko‘ra, 2016 yildan boshlab O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yiliga 15-20 foizga o‘sib bormoqda. 

Bojxona qo‘mitasi vakilining Rossiyada ish boshlashi bojxona xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va faollashtirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida tovarlar va transport vositalari erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiladigan sabablarni baholash, aniqlash va joyida bartaraf etish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: