Ukraina tomoni Rossiyadan himoyalanish chog‘ida halok bo‘lgan 99 nafar harbiy xizmatchining jasadini qabul qilib oldi, deb xabar qildi Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab 12 aprel, juma kuni. «Xususan, Donetsk yo‘nalishida jang qilgan 77 nafar himoyachi, Zaporijjya yo‘nalishidan 20 nafar halok bo‘lgan askar va Xarkiv yo‘nalishidan ikki nafar halok bo‘lgan askarni vataniga qaytarish mumkin bo‘ldi», — deyiladi xabarda. Shtab Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
Rossiya, o‘z navbatida, 23 nafar askarining jasadini qabul qildi, deya xabar bermoqda «RBK» agentligi Davlat dumasi parlament muvofiqlashtirish guruhi vakili Shamsail Saraliyevga tayanib.
Halok bo‘lganlarning jasadini almashish har ikki haftada amalga oshirilyapti
Saraliyev 29 mart kuni avvalgi almashinuv haqida gapirgandi. Rossiyaga o‘shanda 29, Ukrainaga esa 121 kishining jasadi keldi. 15 mart kuni almashuvda 61 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi va 58 nafar ukrainalik askarning jasadi haqida so‘z bordi.
Avvalroq, RIA «Novosti» Markaziy qidiruv agentligi byurosi sud-tibbiyot eksperti Karlos Vilyalobosga tayanib, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ishtirokidagi bunday almashinuvlar front chizig‘ida muntazam bo‘lib turishini yozgan edi.